Dunyoda

Rossiyada yana bir COVID-19 ga qarshi vaktsina sinoviga ruxsat berildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishSotrudnitsa laboratorii provodit ispыtaniya vaktsinы ot COVID-19 v tsentre Gamalei
Sotrudnitsa laboratorii provodit ispыtaniya vaktsinы ot COVID-19 v tsentre Gamalei - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada koronavirusga qarshi uchinchi vaktsinaning klinik sinovlariga ruxsat berildi. U Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan yaratilgan.

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaktsinaning klinik sinovlariga ruxsatnoma berdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, vaktsina sinovlarida uch mingdan ziyod koʻngilli ishtirok etadi va bu Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti talablariga muvofiq keladi.

Vaktsina protiv novoy koronavirusnoy infektsii vpervыe v mire zaregistrirovana v Rossii 11 avgusta - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
JSST koronavirusga qarshi vaktsina uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi

Vaktsinaning klinik sinovlari yaqin kunlarda Kirov, Sankt-Peterburg va Novosibirskda boshlanadi. Koʻngillilar emlangandan soʻng 16 kun statsionarda boʻladi.

Vaktsinaning klinik sinovlari joriy yilning noyabr oyida yakunlanishi kutilmoqda.

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini avgust oyida roʻyxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, Rossiyada “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan vaktsina klinik sinovdan oʻtmoqda. Kuni kecha Oʻzbekiston aynan “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaktsina sinovlarida ishtirok etishga qiziqish bildirgani maʼlum boʻlgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala