Samarqand xalqaro aeroporti Rossiyadan kelgan 500ga yaqin o‘zbekistonliklarni qabul qildi

© Uzbekistan AirportsV Samarqand priletel ocherednoy charter iz Sankt-Peterburga
V Samarqand priletel ocherednoy charter iz Sankt-Peterburga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida (qizil hududdan kelganlar uchun) 14 kunlik uy yoki mehmonxonalarda o‘zini-o‘zi yakkalashlari talab etiladi.

TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Samarqand xalqaro aeroportida Rossiya davlatining Sankt-Peterburg va Moskva shaharlaridan uchib kelgan 497 nafar yurtdoshlarimiz 2 ta charter reys orqali kutib olindi, deb xabar bermoqda "Samarqand xalkaro aeroporti" matbuot-xizmati.

Terminal prinyal pervix passajirov, priletevshix reysom Uzbekskix avialiniy iz Seula v Tashkent. - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburg va Moskvadan Toshkentga qo‘shimcha charter reys qo‘yildi

"Bugun (iFLy va Red Wings aviakompaniyalarining Airbus 330 va Airbus 321 havo kemalari Sankt-Peterburg va Moskva shaharlaridan soat 02:10 va 3:51 da qabul qildi. Yo‘lovchilar anketa ma’lumotlarida keltirilgan yashash joylariga ko‘ra o‘z manzillariga kuzatib qo‘yildi", - deyiladi xabarda.

O‘zbekistonga keluvchi yo‘lovchilarning parvozdan oldin 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda faqat PZR (polimer zanjirli reaksiya) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatichga ega ma’lumotnomalarni taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida (qizil hududdan kelganlar uchun) 14 kunlik uy yoki mehmonxonalarda o‘zini-o‘zi yakkalashlari talab etiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0