Dunyoda

Sirtqi kredit? Tixanovskaya Yevropa ittifoqidan yordam paketi xususida kelishuvga erishdi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishKandidat v prezidentы Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvыbornogo mitinga v parke Drujbы Narodov v Minske
Kandidat v prezidentы Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvыbornogo mitinga v parke Drujbы Narodov v Minske - Sputnik Oʻzbekiston
Tixanovskaya dushanba kuni Bryusselda boʻlib, YEI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari, shu jumladan Yevroparlament aʼzolari bilan uchrashuvlar oʻtkazgan edi.

TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. Belarus prezidenti lavozimiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Bryusselda respublikada yuz beradigan "demokratik oʻzgarishlardan soʻng" Yevroittifoq tomonidan yordam paketi xususida kelishuvga erishdi, deb xabar qildi seshanba kuni Tixanovskaya matbuot-xizmati.

Analitika
Nosogʻlom faollik: Amerika Belarus chegarasi yaqinida nimadir qilmoqda

Tixanovskaya dushanba kuni Bryusselda boʻlib, YEI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari, shu jumladan Yevroparlament aʼzolari bilan uchrashuvlar oʻtkazgan edi.

"Svetlana Tixanovskaya Bryusselga tashrifini yakunladi, u yerda Yevroittifoq TIV rahbarlari, shuningdek, YEI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel, Yevroparlament prezidenti David Sassoli bilan uchrashdi, yevrodeputatlar oldida chiqish qildi... Shuningdek, Svetlana Tixanovskaya Belarusga demokratik oʻzgarishlardan keyin yordam paketi koʻrsatilishi xususida kelishuvga erishdi", - deyiladi Tixanovskaya matbuot-xizmati Telegram-kanalida.

Oʻtgan haftada Belarus muvofiqlashtirish kengashi prezidiumi aʼzosi Pavel Latushko muholifat Yevroittifoqdan respublikada hukumat oʻzgarishi va u demokratizatsiya yoʻliga turganida 4 milliard dollar olishga umid qilayotgani haqida maʼlum qilgan edi.

Sotrudniki pravooxranitelnыx organov vo vremya aktsii protesta v Minske - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
AQSH va Yevropa mamlakatlari Belarus boʻyicha qoʻshma bayonot matnini eʼlon qilishdi

Sal avval respublikada boʻlib oʻtgan prezident saylovlari yakunlaridan norozi boʻlgan Belarus muholifat vakillari hukumat tranziti boʻyicha muvofiqlashtirish kengashini tuzgan edilar. Ular Tixanovskayani saylangan yetakchi sifatida tan olishmoqda va mamlakatda yangi saylovlar oʻtkazilishini talab qilishmoqda. Belarus Bosh prokuraturasi MK tashkil etilishi munosabati bilan hukumatni bosib olishga daʼvat moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻadi. Ayni vaqtga kelib MK prezidiumining yetti aʼzosidan besh nafari hibsga olingan yoki chet elda boʻlib turibdi. Mufoviqlashtirish kengashi tashabbuskori boʻlgan Tixanovskaya, saylovlardan soʻng xavfsizlik maqsadida Litvaga chiqib ketgan.

Prezident RF V. Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Belarus, koronavirus va iqtisod. Putin katta intervyusi

Belarusda ommaviy norozilik aktsiyalari 9 avgustdan keyin, boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida amaldagi yetakchi Aleksandr Lukashenko gʻolib chiqqanidan soʻng boshlangan edi. MSK maʼlumotlariga koʻra Lukashenko 80,1 % ovoz olgan. Birinchi kunlarda aktsiyalar kuch tuzilmalari tomonidan bostirildi, norozichilarga nisbatan koʻz yosh keltiruvchi gaz, shovqin granatalari, vodometlar, rezinali oʻqlar qoʻllanildi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, birinchi kunlarda 6,7 ming kishi qoʻlga olingan. Respublika IIV maʼlumotlariga koʻra, tartibsizliklar davomida yuzlab insonlar jabrlangan, shu jumladan, 130 nafar huquq-tartibot xodimlari ham. Saylovlar yakunlangach bir oy davmida aktsiyalar ham ish ham dam olish kunlari oʻtkazildi. Lukashenkoning tarafdorlari ham uni qoʻllab-quvvatlab tadbirlar oʻtkazib kelmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala