Jamiyat

Zararli nonushta: vrach eng xavfli mahsulotlarni maʼlum qildi

© CC0 / strecosa Blyuda na shvedskom stole
Blyuda na shvedskom stole - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiyalik parhezshunos-shifokor Inna Kononenko nonushta uchun xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Shifokor-parhezshunos Inna Kononenko nonushta vaqtida isteʼmol qilinsa, sogʻlikka zarar yetkazishi va semirishga olib kelishi mumkin boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarni maʼlum qildi.

Sbor urojaya xurmы  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shifokor xurmoning foydali va zararli tomonlari haqida gapirdi

Birinchi navbatda shifokor tez pishar boʻtkalarni  ertalabki ratsiondan chiqarib tashlashni tavsiya qildi, chunki ular qondagi shakar miqdorini keskin oshirib, insulin chiqishini qoʻzgʻatadi.

"Natijada, oshqozonda bu boʻtqa, qonda glyukoza yoʻq, odam yana ovqat isteʼmol qilishni istaydi", - deya tushuntirdi u.

Shuningdek, "zararli nonushta"lar roʻyxatiga sut yoki sharbat bilan mussli va yormalar, murabbo bilan buterbrod va tostlar kiradi.

Bundan tashqari, Kononenko sharbat va smuzi foydasi haqidagi afsonani rad etdi. Uning soʻzlariga koʻra, ular tarkibida shakar miqdori juda koʻp. Shuningdek, fruktoza miqdori esa mevaning turiga bogʻliq.

"Bir tomondan - glyukoza, ikkinchidan - fruktoza. Fruktozaning hammasi tezda jigarga oʻtadi, u yerda u jigar yogʻiga aylanadi. Bundan vazn orttiramiz", - deb xulosa qildi mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0