Siyosat

Oʻzbekiston va Turkmaniston transport-kommunikatsiya yoʻlagini shakllantirishni muhokama qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi Uzbekistana i Turkmenistana
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik Oʻzbekiston
Ikki mamlakat “Oʻzbekiston-Turkmaniston-Eron-Oʻmon” xalqaro transport-kommunikatsiya yoʻlagini shakllantirish boʻyicha Ashxobod kelishuvini tezroq amalga oshirish tarafdori ekanliklarini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Oʻzbekiston va Turkmaniston tashqi siyosiy idoralari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi raundi videokonferentsiya shaklida boʻlib oʻtdi.

Stend Uzbekistana na vыstavke WorldFood Moscow 2019 - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Bu yil Germaniya, Litva va Turkmaniston bozorlarida Oʻzbekiston uzumlari sotilmoqda

TIV matbuot xizmati xabariga koʻra,  muzokaralar chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, suv xoʻjaligi, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va aloqalarni rivojlanish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Tashqi ishlar vazirlari ilgari erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarning bajarilishini tahlil qildilar va qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish muddatlari, shu jumladan, Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi raundi, Oʻzbekiston-Turkmaniston ishbilarmonlar kengashining birinchi yigʻilishini oʻtkazish muddatlari toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqdilar.

“Transport, transport-kommunikatsiyalari va tranzit sohasidagi aloqalarni kengaytirishga qiziqish bildirildi. Vazirlar “Oʻzbekiston-Turkmaniston-Eron-Oʻmon” xalqaro transport-kommunikatsiya yoʻlagini shakllantirish boʻyicha Ashxobod kelishuvini tezroq amalga oshirish tarafdori ekanliklarini maʼlum qildilar”, - deyilgan xabarda.

Muzokaralarda koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi oʻzaro aloqalar, shuningdek, Afgʻoniston muammosiga alohida eʼtibor berib, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari koʻrib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala