O‘zbekistonda 1,5 million bola maktabga qatnab o‘qiy boshladi - XTV

© AFP 2023 / THOMAS KIENZLEShkola
Shkola - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktab faoliyati tiklanmagan o‘quvchilarning ta’lim olishi esa "Onlayn-maktab" loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali ta’minlanmoqda.

TOShKENT, 22 sen - Sputnik. O‘zbekiston bo‘yicha an’anaviy ta’lim jarayonlari boshlangan maktablar soni 4 379 taga yetdi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Shkola №27 Mirzo-Ulugbekskogo rayona Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Yangi o‘quv yili, pandemiya: maktablar faoliyat yuritishga tayyormi?

Qayd etilishicha, hududlardagi epidemiologik vaziyat, ta’lim dargohi va sog‘liqni saqlash tizimining vaziyatga tayyorligidan kelib chiqqan holda 21-sentabrdan boshlab respublika bo‘yicha jami 4 379 ta (43,9 foiz) maktab to‘laqonli ravishda ishlamoqda.

Mazkur maktablarda 2,1 million nafar (34 foiz) o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lib, ulardan 1,5 million nafari (72 foiz) an’anaviy, qolgan 595 ming nafari (28 foiz) onlayn shaklda ta’lim olmoqda.

Maktab faoliyati tiklanmagan o‘quvchilarning ta’lim olishi esa "Onlayn-maktab" loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali ta’minlanmoqda.

Denovda ochilgan 9 ta maktab yana faoliyatini to‘xtatdi >>>

Avvalroq Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi 14-sentabrdan boshlab 139 ta maktab o‘z faoliyatini an’anaviy shaklda boshlagani to‘g‘risida xabar bergandi. Darslar boshlanganidan bir kun o‘tib, ya’ni 15-sentabr kuni Shayxontohur tumanidagi 40, 262-sonli maktablarda an’anaviy o‘quv jarayoni koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatilgandi. Oradan ikki kun o‘tib tumandagi yana bir maktabda an’anaviy o‘quv jarayoni vaqtincha to‘xtatildi.

Keyinroq Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi 2020-yil 21-sentabrda faoliyatini an’anaviy tarzda boshlaydigan maktablar ro‘yxatini keltiridi. Farg‘onada 162 ta, Samarqandda esa 38 ta maktabda an’anaviy darslar boshlangan.

Yangiliklar lentasi
0