Fitosanitariya ilmiy markazi tashkil etiladi - prezident

© Press-slujba prezidenta Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po razvitiyu lesnogo xozaystva
Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po razvitiyu lesnogo xozaystva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro fitosanitariya talabiga muvofiq yetishtirilgan va qadoqlangan meva sabzavotlarni 3-4 baravar qimmat sotish mumkin.

TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Kecha, 21-sentabr kuni prezidentShavkat Mirziyoyev huzurida o‘simliklar karantini sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘simliklar karantini sohasidagi islohotlar natijadorligi tahlil qilindi. 

Plodoovoshnaya produksiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat organlari tizimi qayta ko‘rib chiqildi

Yig‘ilishda qayd etilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda kelgusi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallangan.

Yetishtirilgan mahsulotlar uchun tobora ko‘proq bozorlarni ochish, ularni yangi bozorlarda 3-4 barvar qimmatga sotish uchun - mahsulotlarni xalqaro fitosanitariya talablariga asosan yetishtirish qa qadoqlash talab qilinadi. 

Ushbu ishlarni amalga oshirish maqsadida mahsulot yetishtiruvchi, qadoqlovchi va eksport qiluvchi har bir korxonaga karantin inspektorlarini biriktirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Shuningdek sohaning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro sertifikatsiya tizimini tatbiq etish uchun prezident tomonidan Fitosanitariya bo‘yicha yirik ilmiy markaz tashkil etish taklifi kiritildi.

Fan bilan amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, eksportchi korxonalar mutaxassislariga xalqaro fitosanitar talablarni tushuntirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida ham xalqaro fitosanitariya talablari o‘qitilishi ta’kidlandi.

Predpriyatie Samrin Trade po proizvodstvu suxofruktov v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Saratovga 20 tonna O‘zbekistonda yetishtirilgan quritilgan mevalar kiritilmadi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugun ushbu sohada xususiy sektor ishtirokida o‘simliklar 205 ta klinikasi, 690 ta biolaboratoriya mavjud. Sifat va raqobatni ta’minlash maqsadida bunday xususiy klinika va biolaboratoriyalarni ko‘paytirish lozimligi ta’kidlandi.

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga 1-dekabrga qadar o‘z ma’lumotlar bazasini bojxona organlarining “Yagona darcha” elektron tizimiga to‘liq integratsiya qilish vazifasi qo‘yildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston 19 davlatga 78 xil mahsulotni eksport qilish uchun ruxsatnomasini olgan. Sertifikatsiya uchun o‘nlab qog‘oz hujjatlar o‘rniga yagona elektron tizim joriy etilib, eksportchilarning arizalarini ko‘rib chiqish muddati 10 kundan 1 kunga tushirilgan.

Yangiliklar lentasi
0