O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov vafot etdi

© Instagram / shuhrat_qayumov_diktorZaslujenniy artist Uzbekistana Shuxrat Kayumov
Zaslujenniy artist Uzbekistana Shuxrat Kayumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madaniyat vazirligi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov vafot etgani haqida xabar qildi.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov 51 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xonanda 1969-yilda Toshkentda tavallud topgan. Shuhrat Qayumov uzoq yillar "O‘zbekiston" teleradiokanalida "Assalom, O‘zbekiston", "Ohangrabo" ko‘rsatuvlarini tayyorlab, muxlislar qalbidan joy olgan.

Xonandaning o‘lim sabablari ochiqlanmagan.

Sputnik tahririyati Shuhrat Qayumovning oila-a’zolari va barcha yaqinlariga hamdardlik bildirib, chuqur ta’ziya izhor etadi.

Yangiliklar lentasi
0