Mirziyoyev ID-kartalarni joriy etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi

© Sputnik / Valeriy MelnikovPasport grajdanina Uzbekistana
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Identifikatsiya ID-kartalari 1 ish kunida rasmiylashtirib beriladi. Fuqarolarning biometrik pasporti 2031-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, quyidagilar belgilandi:

- biometrik pasport o‘rniga joriy etilayotgan identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun fuqarolarga istalgan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga, ularni almashtirish uchun esa davlat xizmatlari markazlariga ham murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;

- identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga, almashtirish uchun esa istalgan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat qilishi uchun imkoniyatni yaratiladi;

- identifikatsiya ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmasdan ID-kartaning chipiga kiritiladi;

- fuqaro o‘z ID-kartasini olish yoki almashtirish yuzasidan o‘z vaqtida murojaat qilmagan, yaroqsiz holga keltirgan va yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi;

- yangi tug‘ilgan bolaga identifikatsiya ID-kartalari majburiy berilmasdan, uning tug‘ilishi FHDYo organi tomonidan qayd etilib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma taqdim qilinganidan so‘ng ota-onasi, vasiylari (homiylari) ixtiyoriga ko‘ra rasmiylashtiriladi.

© Press-slujba MVDS 1-yanvarya 2021 goda vmesto biometricheskogo pasporta budut vidavatsya ID-karti
Mirziyoyev ID-kartalarni joriy etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi - Sputnik O‘zbekiston
S 1-yanvarya 2021 goda vmesto biometricheskogo pasporta budut vidavatsya ID-karti

Farmonga ko‘ra identifikatsiya ID-kartalari 1 ish kunida rasmiylashtirib beriladi. Murojaat o‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslardan kelib tushganda mas’ul xodim tomonidan 15 kunda ushbu shaxslarning yashash manziliga borgan holda identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtiriladi va ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.

Fuqarolarning biometrik pasportlari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini identifikatsiya ID-kartalariga almashtirish:

  • birinchi bosqichda 2021-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-dekabrgacha ixtiyoriylik asosida 16 yoshga to‘lganda hamda qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra;
  • ikkinchi bosqichda 2023-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Fuqarolarning biometrik pasporti 2031-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0