Dunyoda

Navalnыy kasalxonadan chiqarildi

© AFP / DIMITAR DILKOFFAleksey Navalnыy
Aleksey Navalnыy - Sputnik Oʻzbekiston
Germaniyaning "Sharite" statsionar klinikasi mutaxassislariga koʻra, bloger Navalnыyning toʻliq tuzalib ketishiga umid bor

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Aleksey Navalnыy  seshanba kuni Berlinning statsionar "Sharite" klinikasidan chiqarildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Flag YES u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yevroparlament Navalniy ishi boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi

"Bemor holati shu darajada yaxshilandiki, tez tibbiy yordam koʻrsatishni toʻxtatish mumkin. Aleksey Navalnыy "Sharite"da 32 kun davolandi, shundan 24 kuni — jonlantirish boʻlimida kechdi", — deyiladi tibbiy muassasa bayonotida.

"Sharite"da taʼkidlanishicha, davolovchi shifokorlar Navalnыyning toʻliq tuzalib ketishiga ishonch bildirishmoqda. Ularning soʻzlariga koʻra, hozircha "zaharlanishning keyinroq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ogʻir asoratlari" borasida fikr bildirishning imkoni yoʻq.

Aleksey Navalnыy bilan bogʻliq hodisa

Joriy yil 20 avgust kuni bortida Navalnыy boʻlgan samolyot Tomskdan Moskvaga uchayotgan mahalda shoshilinch tarzda Omskda qoʻndi. Korruptsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi parvoz vaqtida oʻzini yomon his qilgan, samolyot qoʻngach, uni Omskdagi №1 tez tibbiy yordam kasalxonasiga jonlantirish boʻlimiga yotqizishgan.

Aleksey Navalnыy - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Germaniya Aleksey Navalniyni jim turishga majbur qiladi

Rossiyalik shifokorlar bemor peshobi va qonida zaharli moddalarni aniqlashmagan. Ularning soʻzlariga koʻra, asosiy ishchi tashxis - qonda qand miqdorining keskin pasayishiga sabab boʻlgan moddalar almashinuvi buzilishidir. Oradan ikki kun oʻtgach, shifokorlar bemorning yaqinlari talabiga koʻra, Navalnыyni Germaniyaga davolashga olib ketishga qaror qiladilar (avvaliga konsilium uni transportabel emas, deya topgan edi). Oʻsha vaqtdan boshlab KQF asoschisi berlinning "Sharite" klinikasida davolanayotgan edi.

GFR hukumati rossiyalikni "Novichok" jangovar moddasi guruhiga mansub substantsiya bilan zaharlashgani haqida bayonot berishdi. Mamlakat vazirlar mahkamasi maʼlumotlariga koʻra, nemis ekspertlari xulosalarini Shvetsiya va Frantsiyadagi laboratoriyalar ham tasdiqlashgan. Moskva tahlillar xulosalari boʻyicha toʻliqroq maʼlumotni taqdim etish iltimosini yoʻlladi, ammo javob kelmadi.

Sud pomestil Alekseya Navalnogo pod domashniy arest - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Navalniyning komadan soʻng birinchi fotosi paydo boʻldi

Korruptsiyaga qarshi kurash fondi asoschisining ahvoli yaxshilangani haqida 7 sentyabr kuni xabar berilgan edi. Shifokorlar uni koma holatidan chiqarishdi va IVL apparatidan uzishdi.

Tez orada Navalnыyning Instagramdagi rasmiy akkauntida, u kasalxonaga yotqizilgach, sheriklari darhol advokat chaqirtirishgani va Tomskdagi Xander Hotel (KQFning butun jamoasi shu mehmonxonada toʻxtagan boʻlgan) nomerida boʻlgan narsalarni roʻyxatdan oʻtkazishgani haqida maʼlumot taqdim etildi.

Starыe lekala: SSHA i YES gotovы rassledovat otravleniye Navalnogo - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
"Bu urush": Berlin va Varshavaning Navalnыy boʻyicha qiziq suhbati eʼlon qilindi

Aniqlangan narsalar xatlangan va keyingi oʻrganish uchun tergovga taqdim etilgan.

Postda aytilishicha, natijada suv idishlarida nemis mutaxassislari tomonidan "Novichok" izlari topilgan.

Shu bilan birga, BND - germaniya razvedkasining 1990-yillardan boshlab ushbu moddadan foydalana olgani maʼlum. Ushbu modda, shuningdek, 20ta gʻarb davlatlari, xususan, Buyuk Britaniya, AQSH, Shvetsiya, Chexiya tomonidan oʻrganilgan. Rossiya, 1992 yildagi prezident farmoniga binoan kimyoviy qurol sohasida ishlanmalarni toʻxtatgan, 2017-yilda esa bu singari moddalarning barcha zaxirasini yoʻq qilgan, bu holat OZXO tomonidan tasdiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala