Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 23 sentyabr asosiy xabarlari

© AFP 2018 / RONALDO SCHEMIDTProbirka
Probirka - Sputnik Oʻzbekiston
Sutka davomida 396 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 53 275 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Samolet Airbus 320 Uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentdan Dubayga parvozlar soni oshirilmoqda

Bir sutka davomida 396 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 53 275 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 167 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Namangan viloyatida hamda 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 425 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 49 649 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 93 foiz.

Brifing, posvyaщennыy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaktsine ot COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tirik vaktsina xorijga ommaviy yetkazib berilmaydi - Gamaleya markazi direktori

Ayni paytda 3 182 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 444 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dubayga parvozlar

5 oktyabrdan boshlab Toshkentdan Dubayga qatnovlar soni oshiriladi. Qatnovlar haftasiga 2 marotaba amalga oshiriladi.

Shota Arveladzeda koronavirus aniqlandi

“Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladzeda test natijasi musbat chiqdi. Shu sababli u OFK protokoliga mos tarzda izolyatsiyaga olindi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 31,6 milliondan oshdi, 971 ming kishi vafot etdi, 21,8 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (6,9 mln), Hindistonda (5,6 mln), Braziliyada (4,6 mln).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala