Prezident barcha rahbarlarga raqamlashtirishga jiddiy kirishishni topshirdi

© Press-slujba prezidentaShavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po voprosam vnedreniya sifrovoy ekonomiki i elektronnogo pravitelstva
Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po voprosam vnedreniya sifrovoy ekonomiki i elektronnogo pravitelstva  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Raqamli texnologiyalarni qo‘llash natijasida davlat muassasalarining samaradorligini oshirish hamda korxonalarda ulkan mablag‘lar tejab qolishinishi rejalashtirilgan. 

TOShKENT, 23 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda barcha viloyat va tuman rahbarlari, vazirliklar hamda yirik korxonalarga iqtisodni raqamlashtirishga jiddiy kirishishni topshirdi

"Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlashtirishsiz natija, rivojlanish bo‘lmasligini tushunib yetishi shart. Barcha darajadagi rahbarlar buni o‘ziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur o‘rganishi kerak", – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, tuman va shahar hokimlari bir oyda 2-3 kun faqat raqamlashtirish bilan shaxsan shug‘ullanishi belgilandi. Ularning faoliyatiga hududda raqamlashtirish qay darajada yo‘lga qo‘yilganiga qarab baho beriladi. Bu sohada yaxshi natija ko‘rsatgan rahbarlarga 30 foizgacha ustama joriy qilinadi, deyilgan xabarda.

Konferensiya investorov v oblasti vozobnovlyayemix istochnikov energii i energeticheskoy infrastrukturi RENPOWER Uzbekistan 2019 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda elektroenergetika sektorini raqamlashtirish rejalashtirilmoqda

Prezident, avvalo aholi eng ko‘p to‘qnash kelayotgan sohalarni raqamlashtirishni ta’kidladi. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda ishchi guruhlar tomonidan 530ta hududiy va 280ta tarmoq loyihalari tayyorlandi. Xususan, yil yakuniga qadar 14ta va kelgusi yilda yana 14ta tumanda sog‘liqni saqlash, kadastr, ijtimoiy himoya, qishloq xo‘jaligi va ta’lim yo‘nalishlarini raqamlashtirish bo‘yicha 239 ta loyiha amalga oshiriladi.

Tibbiyot tizimida “Elektron poliklinika”, maktablarda “elektron kundalik”, “elektron darslik”, “o‘qituvchilarni baholash” tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan. 

Undan tashqari, yirik neft va gaz korxonalari, tabiat resurslaridan foydalanish korxonalari hamda avtomobil zavodlarida ham raqamli texnologiyalarni qo‘llash natijasida bir necha million dollar tejash rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 28-aprelda prezidentning “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, 2020-yil O‘zbekistonda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilingan edi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0