Jamiyat

Samarqand viloyatida "tazyiq va zoʻravonlikka qarshi kurashish oyligi" eʼlon qilindi

© SputnikTsentr reabilitatsii dlya jenщin, gorod Tashkent
Tsentr reabilitatsii dlya jenщin, gorod Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Xotin-qizlar tomonidan spirtli ichimlik taʼsirida qotillik, badanga ogʻir tan jarohati yetkazish, ayniqsa oila-turmush doirasidagi jinoyatlarga barham berilmayotganligi tashvishli xoldir, deya xabar qilgan viloyat IIB

TOSHKENT, 23 sen - Sputnik. Samarqand viloyatida xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan ogʻir jinoyatlar soni kamaymayapti. Oʻtgan 8 oy davomida viloyat xotin-qizlar tomonidan 183 ta jinoyatlar sodir etilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Postradavshaya ot domashnego nasiliya jenщina iz Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ruhiy va jismoniy zoʻravonliklarga uchrab, reabilitatsiya markaziga keltirilgan ayollar qismati

"Mahallalarda oilalarga kirilib yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi oʻzaro kelishmovchiliklar oʻrganilmayotganligi natijasida, xotin-qizlar tomonidan spirtli ichimlik taʼsirida qotillik, badanga ogʻir tan jarohati yetkazish, ayniqsa oila-turmush doirasidagi jinoyatlarga barham berilmayotganligi tashvishli xoldir. Tahlillarga koʻra, joriy yilning 8 oyi davomida viloyat hududida xotin-qizlar tomonidan 183 ta jinoyatlar sodir etilgan boʻlib, ushbu jinoyatlarda 198 nafar xotin-qizlar ishtirok etgan", - deyiladi xabarda.

Oʻtgan 8 oy davomida 86 nafar xotin-qizlar jinoyatdan jabrlangan.

Oilalarda sogʻlom muhitni shakllantirish, tazyiq va zoʻravonlik sodir etish ehtimoli mavjud shaxslar bilan profilaktik tadbirlar samarasiz tashkil etilayotgani sababli koʻplab xotin-qizlar tazyiq va zoʻravonlik qurboni boʻlgani kuzatilgan.

Joriy yilning 8 oyi davomida 254 ta holatda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarga himoya orderlari berilgan. 

Zamnachalnika upravleniya profilaktiki pravonarusheniy GUVD Tashkenta po voprosam jenщin mayor Maksuda Xujanazarova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Himoya orderi nima va uni qanday olsa boʻladi - mayor Xoʻjanazarova bilan suhbat

Shuningdek, jinoyat sodir etish hamda jinoyat qurboni boʻlishi ehtimoli boʻlgan xotin-qizlarning roʻyxatlari rasmiyatchilik uchun shakllantirilib, ushbu toifadagi shaxslar bilan individual tarzda ishlar tashkil etilmaganligi oqibatida ushbu toifadagi xotin-qizlar tomonidan jinoyat sodir etilishi, jinoyat qurboni boʻlib qolish holatlariga yoʻl qoʻyilmoqda.

Xotin-qizlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishi, tazyiq va zoʻravonlik, sharʼiy nikoh va erta turmushlarning oldini olish shuningdek maqsadida 20 sentyabr kunidan 20 oktyabr kuniga qadar viloyat miqyosida "Tazyiq va zoʻravonlikka qarshi kurashish oyligi" maxsus profilaktik tadbirlari oʻtkazilishi belgilanmoqda.

Oylik davomida, jinoyat sodir etish va jinoyat qurboni boʻlishi ehtimoli yuqori boʻlgan, shuningdek, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning roʻyxati sektorlar va mahallalar kesimida qaytadan shakllantirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala