Saudiya Arabistonida O‘zbekiston mehnat resurslariga qiziqish bildirildi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishVid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii.
Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqarolarni Saudiya Arabistoni orqali arab mamlakatlaridagi haydovchilik va shu kabi maishiy sohalarga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Saudiya Arabistoni bandlik agentliklari va salohiyatli ish beruvchilari O‘zbekiston mehnat resurslariga qiziqish bildirmoqda. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi, “Alhejazgroup” rekruting kompaniyasi vakillari ishtirokida videoaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

Andijon va Orenburg viloyatlari o‘rtasida migratsiya sohasida bitim imzolandi

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirish muhokama qilindi.

“Xususan, O‘zbekistondagi mehnat bozorini o‘rganish orqali fuqarolarni Saudiya Arabistoni orqali arab mamlakatlaridagi haydovchilik va shu kabi maishiy sohalarga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda arab mamlakatlari hududida O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishning talablari, huquqiy himoya va mehnat sharoitlari haqida fikr almashildi.

Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga 15-dekabrgacha imtiyozlar beriladi

Yangiliklar lentasi
0