Time dunyoning eng obro‘li 100 kishisi reytingini e’lon qildi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishMunxenskaya konferensiya po bezopasnosti
Munxenskaya konferensiya po bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatda shaxslar — "Titanlar", "Novatorlar", "San’at arboblari", "Yetakchilar" va "Kumirlar" toifalari bo‘yicha taqsimlangan.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Time 2020-yilning dunyo bo‘yicha eng obro‘li 100 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi.

RF prezidenti  V. Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin 50 nafar eng ta’sir ko‘rsatuvchi insonlar ro‘yxatiga kirdi

Ro‘yxatda shaxslar — "Titanlar", "Novatorlar", "San’at arboblari", "Yetakchilar" va "Kumirlar" toifalari bo‘yicha taqsimlangan. 

Joriy yilda rossiyaliklar ro‘yxatdagi birorta toifada taqdim etilmagan. Ilgarilari amerikaning ushbu nashri Vladimir Putinni eng obro‘li shaxslar ro‘yxatiga bir necha bor kiritgan.

Joriy yil "Yetakchilar" orasida — AQSh allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus, AQSh prezidenti Donald Tramp va uning bo‘lajak saylovlardagi opponenti Jo Bayden, XXR rahbari Si Szinpin, Germaniya kansleri Angela Merkel, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen, AQSh demokratik partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod Kamala Xarris, vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, AQSh bosh prokurori Uilyam Barr va Parij meri Ann Idalgolar bor.

Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoning 100ta eng obro‘li kompaniyalari reytingi tuzildi

Time "Titanlar" sifatida Google bosh direktori Sundar Pichayni, Xitoyning yetakchi epidemiologi Chjun Nanshanni, dunyoning eng boy kishisi Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skottni, AQSh Fedzaxirasi rahbari Jerom Pauellni, "Formula-1"ning olti karra chempioni Lyuis Xemiltonni, XVF rahbari Kristalina Georgiyeva va boshqalarni e’tirof etgan.

Xonanda Megan Thee Stallion, NASA astronavtlari Jessika Meyr va Kristina Kuk, Uxan virusologiya institutining yetakchi virusologlaridan biri Shi Chjenli va boshqalar "Novatorlar" toifasiga kiritilgan.

Eng obro‘li "San’at arboblari" toifasiga esa The Weeknd ijrochisi, xonanda Selena Gomez, akterlar Fibi Uoller-Bridj va Maykl Bakari Djordan, janubiy koreyalik rejissor Pon Chjun Xo ("Parazitlar" filmi sovrindori) va violonchelist Yo Yo Malar kiritilgan.

"Kumirlar" orasida — Black Lives Matter harakati asoschilari, huquq himoyachisi Anjela Devis, tennischi ayol Naomi Osaka va boshqalar e’tirof etilgan.

Yangiliklar lentasi
0