Jamiyat

Vrach soch toʻkilishini oldini oladigan mahsulotlarni maʼlum qildi

Buyuk britaniyalik parhezshunos Rayan Raman soch toʻkilishini sekinlashtiradigan oziq-mahsulotlarni tavsiya qildi.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Parhezshunos Rayan Raman soch toʻkilishini sekinlashtiradigan oziq-mahsulotlarni tavsiya qildi. Express xabariga asosan.

Blyuda na shvedskom stole - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Zararli nonushta: vrach eng xavfli mahsulotlarni maʼlum qildi

Uning soʻzlariga koʻra, avakado ayniqsa foydalidir. Mutaxassis taʼkidlashicha, uning tarkibida himoya qiladigan YE vitamini mavjud boʻlib, bir dona meva kunlik miqdorning 20 foizini oʻz ichiga oladi.

Soch toʻkilishining oldini olish uchun ratsionga batatni qoʻshishni maslahat berdi. Bu sabzavot beta-karotinning muhim manbai boʻlib, soch oʻsishini tezlashtirish imkoniyatiga ega.

"Kerakli ozuqaviy moddalar bilan muvozanatli ovqatlanish sochlarning oʻsishiga yordam beradi, ayniqsa sochlar yomon ovqatlanish tufayli toʻkilish holatida", - deb xulosa qildi shifokor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala