YuNESKO Farg‘onani dunyoning aholisi eng o‘qimishli shaharlar ro‘yxatiga kiritdi

© AFP / YURI KORSUNTSEVUzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente
Uzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’lim shaharlari global tarmog‘iga 26 mamlakatdan 54 yangi a’zo ham qabul qilingan. Yangi qabul qilingan shaharlar tashkilot faoliyatida ishtirok etishlari va o‘zlarining ta’lim shaharlari sifatida erishgan yutuqlarini aks ettiradigan ikki yillik hisobot tayyorlashlari lozim.

TOShKENT, 23 sen - Sputnik. YuNESKO tomonidan onlayn tashkil etilgan sessiyasida O‘zbekistondan yagona Farg‘ona shahri dunyoning eng o‘qimishli shaharlar ro‘yxatiga kiritildi, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati.

Kompressornaya ustanovka Krexovskogo mestorojdeniya prirodnogo gaza v Jidachevskom rayone Lvovskoy oblasti, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona vodiysi aholisiga gaz va elektr ta’minoti hajmi oshiriladi - Energetika vazirligi

Shuningdek, Ta’lim shaharlari global tarmog‘iga bundan tashqari 26 mamlakatdan 54 yangi a’zo ham qabul qilinganligi aytilmoqda.

"Mazkur shaharlar uzluksiz ta’limni mahalliy darajada rivojlantirish mumkinligining yorqin namunasidir. Ular uzluksiz ta’limning samarali siyosati va amaliyoti inklyuziv, xavfsiz, sifatli va barqaror shaharlarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashi va tashkilotning 2030-yilga oid dasturiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkinligini isbotladi. Yangi a’zolar YuNESKO Ta’lim shaharlari global tarmog‘i tarkibida mavjud shaharlar umumiy sonini 64 mamlakatda 230 taga yetkazmoqda", - deyiladi xabarda.

YuNESKOning Uzluksiz ta’lim instituti (UIL) tarmoq muvofiqlashtiruvchisi sifatida tegishli mamlakatlarda YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyalar tomonidan nomzodlar berilgandan so‘ng yangi a’zolarni qabul qildi. Shahar hokimi va ma’muriyatining uzluksiz ta’limga oid qat’iy majburiyati ta’lim shahriga aylanishning asosiy shartidir.

Xanabad stanet turisticheskim sentrom Ferganskoy dolini - Sputnik O‘zbekiston
Xonobod shahri Farg‘ona vodiysining turizm markaziga aylantiriladi

YuNESKO Ta’lim shaharlari global tarmog‘i potensial a’zolari ariza berish jarayonida jamiyatda barcha uchun uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini taqdim etish bo‘yicha aniq tasavvurni namoyish etishlari kerak. Yangi qabul qilingan shaharlar tashkilot faoliyatida ishtirok etishlari va o‘zlarining ta’lim shaharlari sifatida erishgan yutuqlarini aks ettiradigan ikki yillik hisobotni tayyorlashlari lozim. 

Uzluksiz ta’lim instituti direktori Devid Achoarenaning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi kelajak uchun yanada barqaror ta’lim tizimlarini yaratish zarurligini ko‘rsatdi. Insoniyatning yarmidan ko‘pi shaharlarda yashagani sababli, shaharlar bu islohotlarning markazida bo‘lishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0