Qo‘qonda jinoyatchilar "Tracker" avtomashinasini olib qochdi. Orasida ayol ham bor

© Sputnik / Pavel LisisinJenshina v naruchnikax
Jenshina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

TOShKENT, 23 sen - Sputnik. Qo‘qonda bir guruh jinoyatchilar "Tracker" avtomashinasini olib qochdi, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati IIB axborot-xizmati.

DPS na postu - Sputnik O‘zbekiston
Marg‘ilonda mashina olib qochgan shaxs yosh bolaning umriga zomin bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, hodisa 19-sentabr kuni ro‘y bergan. Bir shaxs va bir ayol shahardagi ko‘p qavatli uy oldidan boshqa kishiga tegishli "Tracker" rusumli avtomashinasini olib qochib hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tadbirlar davomidi Qo‘qon shahar, A.Navoiy mavzesi 90-sonli ko‘p qavatli uylar yonidan avtomashina soz xolda davlat raqamlari avtomashina yukxonasidan topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi "b" bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatchilardan biriga nisbatan sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yangiliklar lentasi
0