O‘zbekistonda IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi o‘zgardi

© Foto : pixabay.com / terimakasih0Ruki s mobilnimi telefonami
Ruki s mobilnimi telefonami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon IMEI kodlar faqat sim karta egasi nomiga ro‘yxatga olinadi. Ushbu chora uchinchi shaxslar pasportiga telefon kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni oldini olishga qaratilgan. 

TOShKENT, 23 sen - Sputnik. UZIMEI tizimi operatori uyali avloqa telefonlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritdi. 

Bundan buyon IMEI kodni ro‘yxatdan o‘tkazgandan telefon raqami ariza bergan kishining nomida bo‘lishi kerak. Ushbu chora uchinchi shaxslar pasportiga telefon kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni oldini olishga qaratilgan. 

Ayni damda mobil telefonlar IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazishning quyidagi uslublari mavjud:

  • Uyali operator sahifasida;
  • 1170 raqamiga SMS yuborish orqali;
  • *1170# - USSD-zapros orqali;
  • Davlat xizmatlari yagona portali orqali;
  • UZIMEI operatorlari orqali;
  • pochta orqali. 

Shunisi muhimki: SIM-kartalar almasshsa ham IMEI-kodlar bir marotaba ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Bojxona qo‘mitasi va IIV mobil qurilmalarning IMEI-kodlari begona shaxslar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgani holatlari aniqlanganini va ushbu holat yuzasidan tergov olib borilayotganini xabar qilgan edi. 

 

Yangiliklar lentasi
0