Nyu-Yorkda o‘zbek maktabi ochildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishUoll-strit, Nyu York
Uoll-strit, Nyu York - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShdagi birinchi o‘zbek maktabining ochilishida Nyu-Yorkdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va “Mahalla USA” diaspora tashkiloti tomonidan tashkil etildi.

TOShKENT, 24 sen - Sputnik. AQShning Nyu-York shahri Bruklin mavzesida (AQSh) “Ziyo Art” o‘zbek maktabi ish boshladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV. 

16 Avenue O, Brooklyn NY 11204 manzili bo‘yicha joylashgan maktabning rasmiy ochilish marosimi 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi va “Mahalla USA” diaspora tashkiloti bilan birgalikda tashkil etilgan.

AQShdagi birinchi o‘zbek maktabida darslar shanba va yakshanba kunlari o‘zbek tilida quyidagi fanlar bo‘yicha olib boriladi: “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Odobnoma”, “Tasviriy san’at”, “Shaxmat” va “Matematika”.

O‘quv jarayonida O‘zbekistondan olib kelingan darsliklardan foydalaniladi. Darslar tanlov asosida ishga qarbul qilingan malakali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. 

Ochilish marosimida Nyu-Yorkdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi O‘zbekiston Hukumati nomidan maktabi kutubxonasi fondiga kitoblar va badiiy adabiyotlarni topshirdi.

Aytish joizki, dunyoning yirik shaharlarida shanba va yakshanba kunlari ishlaydigan xorijiy tilli maktablar odatiy hol. Ushbu maktablarda asosan xorijiy ekspatlarning farzandlari qo‘shimcha ta’lim oladi. O‘zbek maktablari hozircha faqat AQSh va Avstraliyada bor.

 

Yangiliklar lentasi
0