Dunyoda

Putin Nobel tinchlik mukofotiga nomzod etib koʻrsatildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishRabochaya vstrecha prezidenta RF V. Putina s sovetnikom po nauke OAO "VPK "NPO mashinostroyeniya" G. Yefremovыm
Rabochaya vstrecha prezidenta RF V. Putina s sovetnikom po nauke OAO VPK NPO mashinostroyeniya G. Yefremovыm - Sputnik Oʻzbekiston
Nobel tinchlik mukofoti - Alfred Nobel fondi tomonidan har yil topshiriladigan nufuzli 5ta mukofotlardan biri boʻlib, dunyoda tinchlikni mustahkamlash uchun qoʻshgan hissasi uchun beriladi.

TOSHKENT, 24 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nobel tinchlik mukofotiga nomzod etib koʻrsatildi, RIA novosti xabariga asosan. 

Ushbu tashabbus Rossiyalik jurnalist va yozuvchi Sergey Komkov tomonidan amalga oshirilgan. Komkov Putin nomzodini 2021 yil nobel tinchlik mukofotiga nomzod sifatida rasmiy arizani 10 sentyabr kuni Oslo shahriga yuborgan. 

Maʼlumot uchun, Rossiya prezidentini birinchi marotaba ushbu mukofotga nomzod etib koʻrsatilayotgani yoʻq. 2013 yilda ham Vladimir Putin Dunyo xalqlari birligi akademiyasi prezidenti tomonidan ushbu mukofotga nomzod etib koʻrsatilgan edi. 

Nobel tinchlik mukofoti - Alfred Nobel fondi tomonidan har yil topshiriladigan nufuzli 5ta mukofotlardan biri boʻlib, dunyoda tinchlikni mustahkamlash uchun qoʻshgan hissasi uchun beriladi.

Turli yillarda ushbu mukofotga Barak Obama, Albert Gor, Kofi Anan, Kim De Jun, Nelson Mandella, Mixail Gorbachev va boshqalar munosib deb topilgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala