Migratsiya

Rostovda vatanga qaytar chogʻida 33 yashar oʻzbekistonlik vafot etdi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Fotobankka oʻtishGrajdane Uzbekistana v stixiynom palatochnom lagere na stantsii Pervomayskaya
Grajdane Uzbekistana v stixiynom palatochnom lagere na stantsii Pervomayskaya - Sputnik Oʻzbekiston
Fuqaroning koronavirus bilan kasallangani tasdiqlanmagan. Marhumning jasadi charter reys orqali Oʻzbekistonga joʻnatilgan.

TOSHKENT, 24 sen - Sputnik. Maxsus poyezdga chiqarish chogʻida Oʻzbekiston fuqarosi oʻzini yomon his qila boshlagan va tez tibbiy yordam yetib kelgunicha u vafot etgan. Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti maʼlum qildi.

Avtobusы - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonlik migrantlarni Rossiyadan qaytarish maqsadida 15ta avtobus yoʻlga chiqdi

"2020 yil 19 sentyabr kuni hamyurtlarimizni maxsus poyezdga chiqarish chogʻida yoʻlovchilardan biri – 1987 yil 13 sentyabrda tugʻilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi R.J. "Lixaya" stantsiyasi old tomonidagi maydonda oʻzini yomon his qila boshlagan va tez tibbiy yordam yetib kelgunicha u vafot etgan", - deyiladi xabarda.

Oʻzbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga koʻra, fuqaro palatkali lagerda yashamagan. Sankt-Peterburg shahridan yetib kelgach, R.J. sogʻligi yomonlashgani sababli 14 sentyaabr kuni Shaxti shahri Markaziy shahar shifoxonasiga yotqizilgan va u yerdan "Lixaya" stantsiyasiga olib borilgan.

Fuqaroning koronavirus bilan kasallangani tasdiqlanmagan.

Marhumning jasadi charter reys orqali Oʻzbekistonga joʻnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala