Dunyoda

Qonxoʻr hasharot: Turkiyada virus tashuvchi xavfli chivinlar paydo boʻldi

© AFPAziatskiy tigrovыy komar
Aziatskiy tigrovыy komar - Sputnik Oʻzbekiston
Turkiya mutaxassislari Istanbulning katta tumanlarida Osiyo yoʻlbars chivinining tez tarqalish holatini qayd etishdi.

TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Turkiya mutaxassislari mamlakatda Osiyo yoʻlbars chivinining tez tarqalish holatini qayd etishdi. Bu haqda RIA Novosti HabberTurk nashriga asosan xabar qildi.

Istanbulning katta tumanlarida xavfli hasharotlarning toʻplanishi aniqlandi, taʼkidlanishicha, ular ilgari hududda boʻlmagan. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, bu turdagi chivinlar oʻta moslanuvchan.

“Bu chivinlar kun boʻyi hujum qiladi, ayniqsa odamlar ochiq havoda boʻlganda. U boshqa chivinlarga qaraganda ancha tajovuzkor, sariq isitma va Zika virusi kabi kasalliklarni tashishi mumkin", - deydi Istanbul universiteti dotsenti Kerem Etera.

Uning soʻzlariga koʻra, bu kabi kasalliklarga chalinish xavfidan tashqari, Osiyo yoʻlbars chivinining chaqishi allergik reaktsiyani kuchaytirib, uzoq vaqt qichishish va qizarishni keltirib chiqaradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala