Dunyoda

WhatsApp’da yangi funktsiya paydo boʻldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishWhatsApp
WhatsApp  - Sputnik Oʻzbekiston
Yangilik bilan foydalanuvchilarga ikkinchi tomon ochib koʻrishi va yozishmalardan chiqishi bilan oʻchib ketadigan foto, video va animatsiyalar yuborish imkonini beradi.

TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. WhatsApp᾽da vaqtinchalik mediafayllar yuborish imkonini beruvchi yangi Expiring Media funktsiyasi paydo boʻldi. Bu haqda “WeBetaInfo” xabar qildi.

Yangilik bilan foydalanuvchilarga ikkinchi tomon ochib koʻrishi va yozishmalardan chiqishi bilan oʻchib ketadigan foto, video va animatsiyalar yuborish imkonini beradi. Bunday imkoniyat foydalanuvchi oʻta shaxsiy mediafayllarini yubormoqchi boʻlganda asqotishi taxmin qilinyapti.

Foydalanuvchilar chalgʻib ketmasligi uchun yoʻqolib ketuvchi xabarlar odatiylaridan grafik jihatdan farq qiladi.

Funktsiya dasturning Android-smartfonlar uchun moʻljallangan beta-versiyasida mavjud. Keyinroq dastur yangilangandan keyin asosiy dasturda ham paydo boʻlishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala