Jeenbekov Xitoy-O‘zbekiston temir yo‘lini Yevropa va Osiyoning bog‘lanishi deb atadi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishUchastok jeleznodorojnogo puti
Uchastok jeleznodorojnogo puti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishini Yevropa va Osiyoning bog‘lanishi deb atadi.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishida “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishini Yevropa va Osiyoning bog‘lanishi deb atadi.

“Biz qadimiy Buyuk Ipak Yo‘lining asosiy yo‘nalishlarini qayta tiklashimiz kerak. “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘li qurilishi va ishga tushishi Osiyoning Yevropa bilan bog‘lashishiga qo‘shgan hissamiz bo‘ladi”, - dedi u.

Podvijnoy sostav na putax sortirovochnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘l qurilishi jadallashtiriladi

Jeenbekovning so‘zlariga ko‘ra, transport-kommunikatsiya yo‘laklari, logistik markazlari va terminallar tizimini rivojlantirish o‘ta muhim ahamiyatga ega.

Avvalroq "O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy" temir yo‘li qurilishida eng maqbul yo‘nalish tanlashga kelishilgani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tadbirda so‘zlagan nutqida mintaqaning global iqtisodiy, transport va tranzit yo‘laklariga chuqur integratsiyasini ta’minlash muhim strategik vazifa ekanini qayd etgan edi. Shuningdek, u BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochishni taklif etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0