Jizzaxda fuqaro sobiq xotini va qaynonasining 267 ming dollarini tunashni uyushtirdi

© Foto : PUBLIC DOMAINProdaja ukrasheniy. Arxivnoe foto
Prodaja ukrasheniy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Niqob taqqan yigitlar jabrlanuvchi va uning 22 va 3 yoshli qizlarini pichoq bilan qo‘rqitib, pul talab qilganlar. Ularni urib, yuz va tanalariga jarohat yetkazishgan.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Jizzax shahrida fuqaro o‘zining tanishlari bilan sobiq turmush o‘rtog‘i va qaynonasini tunashni uyushtirdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bosqinchilik 12-sentabrga o‘tar kechasi soat 3.30larda Xalqobod mahallasida sodir etilgan. 3 nafar niqob taqqan yigitlar 48 yoshli F.M.ning uy devoridan oshib kirgan. Jabrlanuvchi va uning 22 va 3 yoshli qizlarini pichoq bilan qo‘rqitib, pul talab qilganlar. Bosqinchilar jabrlanuvchilarni urib, yuz va tanalariga jarohat yetkazishgan.

Ular uydagi temir seyfni buzib, 207 ming dollar, 3 dona tilla bilakuzuk, 5 dona tilla uzuk, 2 dona tilla zirak, 2 dona tilla zanjirni olib chiqib ketishgan. F.M.ga yetkazilgan zarar 267 ming dollarni tashkil qildi.     

Jabrlanuvchi bu haqda ichki ishlar organlariga xabar bergan va tezkor surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Razgovor po telefonu - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada uchrashuvga chiqqan ayolni “yigiti” tunab ketdi

Jumladan, pul va tilla buyumlar borligidan xabardor kishilarning jinoyat ro‘y bergan vaqtda qayerda bo‘lganligi aniqlandi. Tilla taqinchoqlari sotilishi mumkin bo‘lgan joylarga e’tibor qaratildi. Hududdagi videokameralar tasvirlari o‘rganilib, muqaddam sudlanganlar, jinoyatga moyil shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Natijada turar joyda pul va taqinchoqlar saqlanayotganligini Toshkent shahri Sergeli tumani Quruvchilar dahasida yashovchi 24 yoshli A.X. yaxshi bilgani aniqlangan. Chunki u jabrlanuvchining katta qizi bilan bir muddat sha’riy nikoh asosida yashagan.

Sobiq kuyov bilan uning to‘rt nafar sheriklari qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, ularning barchasi muqaddam sudlangan. Bosqinchilikda Toshkent shahri Olmazor tumani Qoraqamish dahasida yashovchi 27 yoshli S.X., uning 26 yoshli qo‘shnisi Sh.R., Toshkent viloyati Zangiota tumani “Nazarbek” QFYda yashovchi 25 yoshli A.A. hamda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chorbog‘ qo‘rg‘onida yashovchi, 25 yoshli A.U.lar ishtirok etgan.

Ayblanuvchilar hibsga olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0