TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. Chimkentda baliqchi tishi odamnikiga oʻxshagan baliqni tutib oldi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qildi.
Erkak Badam daryosida baliq oviga chiqqandi. Avvaliga u tutib olgan baliqni katta tovonbaliqqa oʻxshatdi. Ammo uning ogʻziga qaraganida, u gʻayrioddiy koʻrinishda boʻlgan baliqni ovlaganini anglab yetadi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
“Baliq katta, kattaligi 5 litrli baklajka, ogʻirligi 1 300 gramm, lesh baliqqa oʻxshaydi. Oyquloqlari - qizil. Ogʻzini ochdim, u yerda besh yoshli bolanikiga oʻxshagan tishlar. Meni boshida ozgiga qaltiroq tutdi”, - deydi Jenis Uzdenbayev.
Baʼzi odamlar bu pirani oilasiga mansub boʻlgan, chuchuk suvda yashaydigan qoramtir paku boʻlishi mumkin deb hisoblashmoqda. Ushbu turagi baliq asosan Amazon va Orinoko daryolari havzalarida yashaydi. Bu baliqlarning uzunligi 108 santimetrga yetishi mumkin. Ularning tishlari toʻrtburchak va odam tishlariga juda oʻxshash. Taʼkidlanishicha, paku toʻrtburchak tishlari bilan oʻljani teshib oʻtishi mumkin.