Bir qator hududiy bojxona boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPismennie prinadlejnosti
Pismennie prinadlejnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoyishiga binoan bir qator hududiy bojxona boshqarmalarida tayinlovlar amalga oshirildi.

TOShKENT, 25 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoyishiga binoan bir qator hududiy bojxona boshqarmalarida tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Bojxona xizmati polkovnigi Saidov Tolibjon Bagadirovich Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bojxona xizmati podpolkovnigi Umarov Qahramon Akbarovich Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bojxona xizmati podpolkovnigi Musamuxamedov Nodir Kamalitdinovich Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0