Iqtisod

MB Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari qanchani tashkil qilishini maʼlum qildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishMonetы Rossii
Monetы Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari 2020 yil boshiga nisbatan 5,4 milliard AQSH dollariga oshib, 1 sentyabr holatiga 34,6 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.

TOSHKENT, 26 sen - Sputnik. Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari boʻyicha maʼlumot Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlangan metodologiyaga muvofiq shakllantiriladi. Ushbu maʼlumotlar Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda eʼlon qilinadi.

Zolotoy slitok  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston 8 oyda 5,8 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Zaxiralar tarkibiga monetar oltin, chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar, XVJning mablagʻ jalb qilishga doir maxsus huquqlari va zaxira pozitsiyasi hamda xalqaro standartlarga muvofiq xalqaro zaxiralar tarkibiga kiritiladigan boshqa aktivlar kiritiladi.

Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari 2020 yil boshiga nisbatan 5,4 mlrd. AQSH dollariga yoki 19 foizga oshib, 1 sentyabr holatiga 34,6 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.

2020 yil boshidan COVID-19 pademiyasi oqibatida jahon iqtisodiyotida inqirozli holatlarning kuzatilishi oltin narxining 30 foizgacha keskin oshishiga sabab boʻlib, avgust oyida oʻzining tarixiy eng yuqori darajasiga yetdi. Oltin narxlaridagi bunday keskin oshish surʼati faqatgina 2008 yildagi moliyaviy inqirozdan keyingi davrda kuzatilgan.

Veduщiy analitik QBF Oleg Bogdanov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston toʻplangan oltinni qay tarzda oqilona taqsimlashi mumkin - Bogdanov

Mazkur qulay sharoitdan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan avgust oyining oʻzida 2,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida oltin eksporti amalga oshirilgan. Taʼkidlash joizki, bunda xalqaro zaxiralar tarkibidagi oltin miqdorining kamayishi bilan bir vaqtning oʻzida valyuta aktivlarining mos ravishda oshishi kuzatiladi. Bu kabi amaliyot zaxiralarning umumiy hajmi oʻzgarishiga taʼsir qilmaydi.

2020 yilning oʻtgan 8 oyi tahlil qilinadigan boʻlsa, Markaziy bank tomonidan 5,8 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi oltin eksporti amalga oshirildi. Mazkur valyuta tushumining asosiy qismi mamlakatimizda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarga tijorat banklari orqali valyuta birjasi savdolarida sotiladi.

Qonunchilikka muvofiq, Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro zaxiralarini toʻldirish uchun davlatning oltin sotib olishga boʻlgan ustuvor huquqini amalga oshiradigan davlat idorasi boʻlib, mamlakatda ishlab chiqariladigan oltinning asosiy xaridori hisoblanadi.

Premyer-ministr Rossii Mixail Mishustin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Mishustin – COVID dan tuzalish, Rossiya oltin-valyuta zaxiralari va bolalikdagi orzusi haqida

Markaziy bank tomonidan ishlab chiqaruvchi korxonalardan oltinni harid qilishda toʻlovlar oltinning jahon bozorlaridagi oʻrtacha narxidan kelib chiqqan holda har oyda milliy valyutada toʻlab beriladi. Oʻz navbatida, mazkur mablagʻlar korxonalar tomonidan byudjet oldidagi majburiyatlarni bajarishga hamda ishlab chiqarish va investitsion faoliyatini amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.

Bunda Markaziy bank tomonidan oltinning milliy valyutada sotib olinishi iqtisodiyotda pul massasining oshishiga hamda inflyatsiya darajasi oʻsishi xavfining kuchayishiga taʼsir etishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, 2017 yil sentyabr oyidan boshlab pul-kredit siyosatining makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashdagi rolini oshirish maqsadida Markaziy bank valyuta bozorida “neytrallik” tamoyillari asosida ishtirok etadi.

Analitik finansovoy gruppы Kalita-finans Dmitriy Golubovskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ekspert oltin va kumush narxlarining koʻtarilish sababini tushuntirdi

“Neytrallik” tamoyiliga koʻra, ishlab chiqaruvchi korxonalardan sotib olingan oltin ekvivalentidagi valyuta mablagʻlari Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozoriga yoʻnaltiriladi. Bunda qimmatbaho metallarni sotib olish natijasida muomalaga chiqarilgan pul mablagʻlarining iqtisodiyotdagi pul-kredit sharoitiga taʼsirini sterilizatsiya qilish maqsadida valyuta sotish hisobiga muomaladan qaytarib olinadi. Oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarda mazkur printsipga amal qilinishi pul-kredit siyosatining taʼsirchanligini oshirish va inflyatsiyaning jilovlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

"Neytrallik" tamoyilining qoʻllanilishi natijasida xalqaro zaxiralardagi monetar oltinning ulushi deyarli oʻzgarishsiz qolmoqda. Jumladan, oltinning ulushi 2018 yil 1 yanvar holatiga 50 foizni tashkil qilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2020 yil 1 sentyabr holatiga 54 foizga yetdi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala