Toshkentda noqonuniy Bitcoin sotuvchisi qoʻlga olindi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Fotobankka oʻtishSuvenirnaya moneta kriptovalyutы bitkoyn
Suvenirnaya moneta kriptovalyutы bitkoyn - Sputnik Oʻzbekiston
Tadbir yakunida T.T.dan elektron pul birliklari sotuvidan tushgan 402 071 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

TOSHKENT, 26 sen - Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkentda kriptovalyuta savdosi bilan noqonuniy shugʻullangan shaxslar faoliyati fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Bitkoin - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Bitkoin yangi dunyo valyutasiga aylanmoqdami?

Xabarda aytilishicha, fuqaro T.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida, litsenziya olinishi shart boʻlgan faoliyat turi bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shugʻullanishgan.

Ular boshqa shaxsga "1V" (Bitcoin) elektron pul birligini 10 463 AQSH dollaridan hisoblab, "20V" (Bitcoin) elektron pul birligini oʻzining 7% lik ustamasi bilan hisoblab jami 224 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir yakunida T.T.dan elektron pul birliklari sotuvidan tushgan 402 071 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi va 190-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala