Oʻzbekistonda COVID-19 infektsiyasini yuqtirganlar soni 54,6 mingdan oshdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayuщix iz zarubeja
V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayuщix iz zarubeja - Sputnik Oʻzbekiston
Hozirda Oʻzbekistonda 3 255 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 718 nafari ogʻir, 289 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 26 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 54 660 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar bermoqda.

Profilaktika grippa v VUZe Vladivostoka - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirusdan oʻlim darajasini ancha pasaytiradigan vitamin nomi oshkor qilindi

Yangi kasallanish holatlari Oʻzbekistonning 7ta hududida aniqlangan.

Xususan, Toshkent shahrida - 112 nafar, Namangan viloyatida - 26, Andijonda - 15, Sirdaryoda - 14, Jizzaxda - 13, Samarqandda - 12, Toshkent viloyatida - 3 nafar bemor aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda mamlakatda 50 954 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sogʻaygan.

Hozirda Oʻzbekistonda 3 255 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 718 nafari ogʻir, 289 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala