Yo‘l harakati qoidalarining yangi tahriri ishlab chiqiladi

© Pixabay / MontaplexDorojnie znaki
Dorojnie znaki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Yo‘l harakati qoidalarining o‘zbek va rus tillaridagi matnlarida ham katta tafovutlar mavjud.

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 2021-yil 1-yanvariga qadar Yo‘l harakati qoidalarining yangi tahriri ishlab chiqiladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Vazirlar mahkamasi tomonidan parlament so‘roviga binoan “O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kompleks chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqilgan. Unda “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” majburiy fanini joriy etish, tegishli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash belgilangan. Bu masala bo‘yicha  normativ-huquqiy hujjat loyihasini 1-oktabrgacha ishlab chiqish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2021-yil yanvar oyidan o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturiga yo‘l harakati qoidalarining kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Proverka dokumentov sotrudnikami GIBDD v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimi joriy etiladi

Ta’kidlanishicha, Vazirlar mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi “Yo‘l harakati qoidalari”ni takomillashtirish zarur. Jumladan, mazkur Qoidalardagi ba’zi bandlarning o‘rni almashtirib yuborilgani oqibatida tegishli bandlardagi havolalar mutlaqo boshqa bandlarga taalluqli bo‘lib qolmoqda.

“Bundan tashqari, Qoidalarning o‘zbek va rus tillaridagi matnlarida ham katta tafovutlar mavjud. Bu masala bo‘yicha yuqoridagi dasturda 2021-yil 1-yanvariga qadar Yo‘l harakati qoidalarining yangi tahririni ishlab chiqish vazifasi belgilandi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, 2021-yilning 1-iyuniga qadar test savollarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish kutilmoqda.

1 noyabrga qadar guvohnomasini yo‘qotgan haydovchilar arizasini qabul qilish va ichki tizim orqali ma’muriy amaliyot bo‘limidan zarur ma’lumotlarni elektron olish dasturini joriy etish nazarda tutilmoqda. Bunda Ichki ishlar vazirligining yagona avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi ma’muriy amaliyot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0