Iqtisod

Jismoniy shaxslarga oʻlchovli yombilar va qimmatbaho tangalarni olib chiqishga ruxsat berildi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Fotobankka oʻtishSlitki zolota
Slitki zolota - Sputnik Oʻzbekiston
Jismoniy shaxslar qimmatbaho yombilar va tangalarni Oʻzbekiston tashqarisiga cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Jismoniy shaxslar qimmatbaho yombilar va tangalarni Oʻzbekiston tashqarisiga cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin. Bu haqda prezident imzolagan “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonda koʻzda tutilgan.

Monetы Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
MB Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari qanchani tashkil qilishini maʼlum qildi

Farmonga muvofiq, jismoniy shaxslar tegishli sertifikatlar mavjud boʻlganda, qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini respublika hududidan tashqariga bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin.

Farmonga koʻra, Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tugatilib, Markaziy bankda Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmati tashkil etildi.

Shuningdek, birja savdolarida sotiladigan qimmatbaho metallarni respublika hududlariga yetkazib berish mexanizmi joriy etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala