Qidiruvdagi urganchlik ayol BAAda qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
26 yoshli Z.M. uch yil ilgari BAAning Ajman shahriga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun borgan. Keyin bir tanishini BAA davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yollagan.

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Joriy yilning 5-aprel kuni BAA davlatining Ajman shahrida fohishalik bilan shug‘ullanib yurgan O‘zbekiston fuqarosi Z.M. qo‘lga olingan. 25-sentabr kuni Dubay-Toshkent aviareysi orqali mamlakat hududiga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Jenshini v metro - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyaga bir necha qizlarni fohishalikka yuborayotgan shaxs qo‘lga olindi

Ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli Z.M. 2017-yilda BAAning Ajman shahriga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun borgan. 2018-yilda Yangiariq tumanida yashovchi 26 yoshli E.G. ismli tanishini BAA davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yollagan.

Shu bois unga nisbatan 2018-yilning 23-avgust  kunidan O‘zbekiston JKning 135-moddasi 2-qismi (Odam savdosi) bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruvga berilgan edi.  

Hozirda Z.M.ni Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB TBga topshirish choralari ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0