Qorabog‘dagi vaziyat: Rossiya TIV tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni bas qilishga chaqirdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishZdanie MID RF
Zdanie MID RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV bayonotida yozilishicha, Tog‘li Qorabog‘ hududida vaziyat keskinlashgan. Har ikkila tomondan o‘qqa tutish kuzatilmoqda. Qurbonlar haqida ma’lumotlar bor.

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Tog‘li Qorabog‘ mojarosi tomonlarini zudlik bilan o‘t ochishni bas qilishga chaqirdi.

Bayonotda yozilishicha, Tog‘li Qorabog‘ hududida vaziyat keskinlashgan. Har ikkila tomondan o‘qqa tutish kuzatilmoqda. Qurbonlar haqida ma’lumotlar bor.

“Tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni bas qilishga va vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida muzokaralarga o‘tishga chaqiramiz”, - deyilgan Rossiya tashqi siyosiy idorasi bayonotida.

Avvalroq yakshanba kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari Qorabog‘da tutash chegaralardagi aholi punktini o‘qqa tutganini ma’lum qilgan edi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, aholi orasida qurbonlar bor. Armaniston Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qorabog‘ “havo va raketa hujumlariga” uchragan. Arman tomoni Ozarbayjonning ikkita vertoloti va uchta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirganini xabar qildi.

Voyennoslujashiy armanskoy armii na boyevoy pozitsii - Sputnik O‘zbekiston
Armaniston uchta Ozarbayjon vertolotini urib tushirganini ma’lum qildi

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi prezidenti matbuot kotibi Vagram Pogosan Qorabog‘da tinch mahalliy aholi, jumladan, poytaxt Stepanakert artilleriya hujumiga uchraganini ma’lum qilgan edi. U aholini yashirinishga chaqirgan edi.

Keyinchalik Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Ozarbayjon qurolli kuchlari Qorabog‘dagi tutash chegaralarda hujumga qarshi amaliyot boshlaganini ma’lum qildi. Armaniston Ozarbayjon uchta tankini qo‘ldan boy berganini xabar qildi. Ozarbayjon harbiylari esa Armaniston qurolli kuchlarining 12 ta zenit komplekslari yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0