Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 55,1 mingdan oshdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishEkspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo
Ekspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston
Hozirda mamlakatda 3218 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 719 nafari ogʻir, 294 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda koronavirus yana 179 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 55132 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Profilaktika grippa v VUZe Vladivostoka - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirusdan oʻlim darajasini ancha pasaytiradigan vitamin nomi oshkor qilindi

Yangi kasallanganlarning 97 nafari Toshkent shahrida, nafari Namangan viloyatida, 17 nafari Samarqand viloyatida, 12 nafari Surxondaryo viloyatida, 12 nafari Fargʻona viloyatida, 7 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 7 nafari Toshkent viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 456 kishiga yetdi.

Shu paytga qadar 51 458 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 3218 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 719 nafari ogʻir, 294 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala