Siyosat

Shuhrat Gʻaniyev rasman bosh vazir oʻrinbosari etib tayinlandi

Prezident farmoni bilan Shuhrat Gʻaniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Shuhrat Gʻaniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlandi. Tegishli farmonga prezident Shavkat Mirziyoyev imzo chekdi.

2020 yil fevralidan buyon bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Oʻktam Barnoyev  sentyabr oyida koronavirus oqibatlaridan vafot etgach, bu lavozim boʻsh qolayotgandi.

Avvalroq Gʻaniyevning nomzodini ushbu lavozimga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari maʼqullagan edi.

Eslatib oʻtamiz, 2012 yildan buyon Shuhrat Gʻaniyev bunga qadar Fargʻona viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Gʻaniyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan uning oʻrnini Namangan viloyatining sobiq hokimi Xayrulla Bozorov egallagan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala