Twitter RIA Novosti’ga qarshi sanksiya qo‘lladi

© Foto : PixabayTwitter app
Twitter app  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika ijtimoiy tarmoqlari senzurani kuchaytirmoqda: Twitter Rossiya axborot maydonini nazorat qilish borasida navbatdagi qadamni tashladi – qidiruv natijalaridan RIA Novosti akkauntini o‘chirib tashladi.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Amerika ijtimoiy tarmoqlari senzurani kuchaytirmoqda: Twitter Rossiya axborot maydonini nazorat qilish borasida navbatdagi qadamni tashladi – qidiruv natijalaridan RIA Novosti akkauntini o‘chirib tashladi.

Agentlik sahifasiga obuna bo‘lmagan foydalanuvchilar endi uni Rossiyada ham, boshqa davlatlarda ham topa olmaydilar. Ilgari Twitter shu tarzda RT va Sputnik profillarini bloklagandi.

“Biz Twitter tomonidan bunday cheklovlarni OAVlarini senzura harakati deb hisoblaymiz, bu Rossiya Konstitutsiyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlangan. Ijtimoiy tarmoq so‘rovlarimizga hech qanday munosabat bildirmayapti va o‘z qarorlarini tushuntirmayapti”, - deb ma’lum qildi “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi matbuot xizmati.

Avgustda Twitter rahbariyati hukumat nazorati ostida bo‘lgan OAV akkaunlariga belgi qo‘yishini ma’lum qilgandi. To‘g‘risini aytganda, bu hammaga tegishli bo‘lmayapti.

“Amerika ovozi” yoki “Ozodlik radiosi”da bunday belgini topa olmaysiz. Ammo Margarita Simonyanning shaxsiy akkauntida "Davlat nashri" degan belgi qo‘yilgan. Bu shunday tenglik va adolat. Va, albatta, to‘g‘ri "so‘z erkinligi", u siz qayerga boramiz. Ushbu post Roskomnadzor’ga murojaat sifatida ko‘rib chiqilishini so‘raymiz", - deb qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.

Yangiliklar lentasi
0