Jamiyat

Oʻzbekiston Samaradan qariyb 13,5 ming fuqarosini vatanga qaytardi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Fotobankka oʻtishGrajdane Uzbekistana v palatochnom lagere
Grajdane Uzbekistana v palatochnom lagere - Sputnik Oʻzbekiston
Pandemiya sabab joriy etilgan cheklovlar va yopiq chegaralar tufayli uyiga qayta olmagan umumiy hisobda qariyb 13,5 ming nafar oʻzbekistonliklar Rossiyaning Samara viloyatidan vataniga olib kelindi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Yopiq chegaralar tufayli uyiga qayta olmagan umumiy hisobda qariyb 13,5 ming nafar oʻzbekistonliklar Rossiyaning Samara viloyatidan vataniga olib kelindi.

“28 sentyabr soat 7:00 holatiga koʻra (Moskva vaqti bilan soat 6:00) Samara viloyati hududida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toʻplanishi yoʻq. Markaziy Osiyo fuqarolarining butun toʻplanish davomida yashash joyiga 13 435 kishi joʻnatildi”, - deya maʼlum qildi RIA Novostiga viloyati hukumati.

Terminal prinyal pervыx passajirov, priletevshix reysom Uzbekskix avialiniy iz Seula v Tashkent. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sankt-Peterburg va Moskvadan Toshkentga qoʻshimcha charter reys qoʻyildi

Hozirda vaqtincha yashash punktida hech kim qolmagan, Kinel tumanidagi chodirli lager yigʻishtirilgan.

27 sentyabr kuni Samara viloyatidan 750 nafar mamlakat fuqarolari avtobuslarda Oʻzbekistonga olib kelindi. Bunga qadar ularni olib kelish uchun maxsus poyezdlar ham tashkillashtirilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Uzbekistan Airways 17 sentyabrdan boshlab Moskvadan kuniga 2 marotaba aviaparvozlar tashkil qilishni boshlagan edi. Shuningdek, Sankt-Peterburg va Moskvadan Toshkentga qoʻshimcha charter reys qoʻyilgan. Ayni damda chiptalar erkin savdoda sotilmoqda.

TIV fuqarolarga murojaat qilib, Rossiya hududida boʻlgan vatandoshlardan poyezd stantsiyalarida toʻplanmasliklarini, hozirda boʻlib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qatʼiy rioya qilishlarini yana bir bor soʻragan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala