Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbega keldi

© Pravitelstvo Kirgizskoy respublikiPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribil s rabochim vizitom v Kirgizstan
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribil s rabochim vizitom v Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbeda O‘zbekiston-Tojikiston savdo-iqtisodiy komissiyasi yig‘ilishi hamda ikki davlat ishbilarmonlar biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasya 29-sentabr kuni Tojikiston poytaxtiga yetib keldi, deb xabar qilmoqda O‘zA. 

Tashrif kun tartibida Hukumatlararo komissiyaning Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi hamda O‘zbekiston – Tojikiston ishbilarmonlari biznes-forumi va Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Hukumatlararo komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan.

Dushanbe xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Davlatsho Gulmuhammadzoda kutib oldi.

Yangiliklar lentasi
0