Hodisalar

Andijonda yuk mashinasi ikki qizaloqni bosib ketdi

© Sledstvennыy departamentVoditel na gruzovike sbil dvux detey v Andijanskoy oblasti - foto
Voditel na gruzovike sbil dvux detey v Andijanskoy oblasti - foto - Sputnik Oʻzbekiston
Andijonda ayanchli YTH sodir boʻldi. Qirgʻiziston fuqarosi 10 va 3 yashar qizaloqlarni bosib ketib, xonadonga borib urildi. Natijada har ikki qizaloq va haydovchi qurbon boʻldi.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Andijon viloyatida “Volvo” haydovchisi ikki kishininng umriga zomin boʻldi. Bu haqda  IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Yoʻl-transport hodisasi 28 sentyabr Buloqboshi tumani “Sanoat” MFY, Gastrol koʻchasidan oʻtgan “Buloqbosh-Andijon” avtomashina qatnov yoʻlida roʻy bergan. Qirgʻiziston fuqarosi 28 yoshli haydovchi SH.L. “Volvo” avtomashinasida harakatlanayotib, boshqaruvni yoʻqotgan va qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib ketgan. Soʻngra yoʻlning chetida harakatlanib kelayotgan piyodalar 10 yoshli B.A. va 3 yoshli K.N.ni bosib oʻtib, shu yerdagi xonadonlarning biriga borib urilgan.

© Sledstvennыy departamentVoditel na gruzovike sbil dvux detey v Andijanskoy oblasti - foto
Andijonda yuk mashinasi ikki qizaloqni bosib ketdi - Sputnik Oʻzbekiston
Voditel na gruzovike sbil dvux detey v Andijanskoy oblasti - foto

YTH natijasida piyodalar B.A. va Q.N., hamda haydovchi SH.L.lar vafot etishgan. 

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda jinoyat ishi Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga oʻtkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala