Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlari faoliyatiga doir hukumat qarori tayyorlandi

© Sputnik / Aleksey MalgavkoRabochie vo vremya stroitelstva
Rabochie vo vremya stroitelstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yil yakuniga qadar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini videokuzatuv kameralari va “abkm.mehnat.uz” tizimi orqali doimiy nazorat qilish imkonini beruvchi Situatsion tezkor markazni tashkil etish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Mehnat migratsiya tizimini tashkil qilish choralari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mehnat migranti bo‘lish osonmi?

Hujjatda bayon etilishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazi mas’uliyati cheklangan jamiyati Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi davlat muassasasi etib qayta tashkil etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda “Ishga marhamat” monomarkazlari davlat muassasalari shaklida tashkil etiladi. Bunda: Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bosh muassasa sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan “Ishga marhamat” monomarkazlariga o‘quv-metodik jihatdan rahbarlik qiladi, ular tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, jumladan, kasb-hunarga, tadbirkorlik ko‘nikmalariga, xorijiy tillarga o‘qitish, ichki va tashqi mehnat bozorida bandlikka ko‘maklashish, kasbiy malakani baholash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi.

Shuningdek, 2021-yil 1-yanvargacha mehnat organlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish maqsadida vazirlik markaziy apparati huzurida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini videokuzatuv kameralari va “abkm.mehnat.uz” tizimi orqali doimiy nazorat qilish imkonini beruvchi Situatsion tezkor markazni tashkil etish rejalashtirilgan.

“Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin:

Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi yildan mehnat migrantlari ham soliq to‘laydi – yangi qaror

a) jamoat ishlarida, shuningdek bandlikni ta’minlash bo‘yicha subsidiya ajratilishida shaffoflikni ta’minlash, suiste’molliklarni oldini olish maqsadida jamoat ishlarida ishtirok etayotgan va subsidiya olayongan fuqarolarning biometrik avtorizatsiya va GPS-trekking tizimlarini joriy etish;  

b) mehnat organlariga murojaat etayotgan, ayniqsa, ishsiz yoshlar
va xotin-qizlar, qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini mehnat bozoriga moslashtirish (reintegratsiya qilish), jumladan ular bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazish asosida ijtimoiy, psixologik va boshqa sinab ko‘rish usullaridan foydalangan holda har bir shaxsning sog‘ligini, kasbiy qiziqishini, qobiliyatini, shaxsiy xususiyatlarini o‘rganib, kasb-hunarga moyilligini aniqlash, ish beruvchi bilan suhbatga tayyorlash, mehnat jamoasida ishlash ko‘nikmalariga o‘rgatish, mehnat faolligini oshirishga rag‘batlantirish maqsadida autsorsing shartlarida psixolog mutaxassislarni jalb etish;

psixolog mutaxassislar mehnatiga haq to‘lashni Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirish”, - deyilgan loyihada.

Qaror loyihasiga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlari to‘g‘risida nizom ilova qilingan.

Yangiliklar lentasi
0