Dunyoda

Xitoyda bolalarni zaharlagan bogʻcha tarbiyachisi oʻlimga hukm qilindi

© AP Photo/Ng Han GuanPolitseyskiy stoit pered zdaniyem bыvshego konsulstva SSHA v Chendu, provintsiya Sыchuan, Kitay
Politseyskiy stoit pered zdaniyem bыvshego konsulstva  SSHA v Chendu, provintsiya Sыchuan, Kitay - Sputnik Oʻzbekiston
Sudning qayd etishicha, ayol nitrit natriy odamlar uchun xavfli boʻlishini bilgan holda ikki marotaba oʻch olish maqsadida bu moddadan foydalangan. Van Yun, koʻplab bolalar u zaharlagan boʻtqani isteʼmol qilishlarini bilgan, ammo bu ham uni toʻxtata olmagan.

TOSHKENT, 29 sen – RIA Novosti. Xitoyning Xenan provintsiyasi Tszyaotszo shahri oʻrta darajadagi xalq sudi bolalarning zaharlanishi tufayli bogʻcha tarbiyachisini oʻlim jazosiga hukm qildi, deya xabar qiladi sud hujjatlariga tayangan holda RIA Novosti.

Izbiyeniye jenщinы iz naroda achex po zakonam shariata - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Bruney sultonligida gomoseksualizm va zino uchun oʻlim jazosi kuchga kirdi

Ayblanuvchi Van Yun "Menmen" bolalar bogʻchasida faoliyat yuritgan va oʻsha vaqtda oʻrta guruhning Sun familiyali tarbiyachisi bilan oʻrtalarida nizo chiqqan. Ayol hamkasbidan oʻch olishga qaror qiladi va 2019 yilning 27 mart sanasida Sun qaraydigan guruh bolalari uchun moʻljallangan boʻtqa ichiga nitrit natriy moddasini aralashtiradi. Oqibatda 25 nafar bola kasalxonaga yotqiziladi, ulardan biri keyinchalik kasalxonada vafot etadi.

Berlin, Reyxstag binosi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Germaniya: oʻlim jazosi mavjud mamlakat YEIga aʼzo boʻla olmaydi

Surishtiruv davomida Van Yun shaxsiy muammolarini hal qilish payida bundan oldin ham nitrit natriy moddasidan foydalanganligi maʼlum boʻladi. Xususan, 2017 yilda ayol maishiy muammolar tufayli eri bilan janjallashib qoladi va erkakdan oʻch olish maqsadida Van Yun 2017 yilning fevralida internet orqali nitrit natriyni xarid qilib, uni bir stakan suv ichiga aralashtiradi. Bu suvni ichgan erkakda zaharlanish holati yuz beradi, ammo bu organizm uchun jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.

Sudning qayd etishicha, ayol nitrit natriy odamlar uchun xavfli boʻlishini bilgan holda ikki marotaba oʻch olish maqsadida bu moddadan foydalangan. Van Yun, koʻplab bolalar u zaharlagan boʻtqani isteʼmol qilishlarini bilgan, ammo bu ham uni toʻxtata olmagan.

Sud shuningdek, Van Yunning jinoiy motivlari xuddi amalga oshirilgan va ogʻir oqibatlarga olib kelgan jinoyat singari "qabih"ligini taʼkidlab, shu bois, ayol qonunga muvofiq oʻta keskin jazolanishi kerakligini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala