Shomurodov Italiya klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishFutbol. RPL. Match "Krasnodar" - "Rostov"
Futbol. RPL. Match Krasnodar - Rostov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eldor Shomurodov A Seriya klubiga o‘tishi mumkin. O‘zbekistonlik futbolchiga “Jenoa” klubi qiziqish bildirmoqda.

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. “Rostov” hujumchisi, o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov faoliyatini A Seriya klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluiji Longari o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchiga “Jenoa” klubi qiziqish bildirmoqda. Klublar o‘rtasida kelishuv deyarli erishilgan. Transfer narxi 8 million yevroni tashkil etishi mumkin.

​Shomurodov 2017-yilning yozidan beri “Rostov” sharafini himoya qiladi. O‘tgan mavsumda RPLda 11 taga mualliflik qildi.

Yangiliklar lentasi
0