Hodisalar

Toshkentda 16 yoshli qiz YTH sodir etdi: qurbon bor

© Press-slujba GUBDD MVD TashkentaDTP v Tashkente
DTP v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan 16 yoshli qiz oʻzidan oldindagi mashinani quvib oʻtishga uringan. Natijada u bilan toʻqnashgan va qarama-qarshi yoʻlga oʻtib ketgan.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Toshkentda 16 yoshli qiz sodir etgan yoʻl-transport hodisasida 14 yoshli bola qurbon boʻldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Voditel na gruzovike sbil dvux detey v Andijanskoy oblasti - foto - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Andijonda yuk mashinasi ikki qizaloqni bosib ketdi

YTH 27 sentyabr kuni soat 20:00 larda Toshkent shahar Uchtepa tumani 35-uy qarshisida sodir boʻlgan. Haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan 16 yoshli SH.N. “Spark”ni boshqarayotib, oʻzidan oldindagi “Neksiya” quvib oʻtishga uringan. Natijada u bilan toʻqnashgan va qarama-qarshi yoʻlga oʻtib ketgan. U yerda esa “Lasetti” bilan toʻqnashgan.

Natijada “Spark” yoʻlovchisi 14 yoshli A.N. shifoxonaga olib ketilayotganda yoʻlda vafot etgan. Ushbu avtomobil haydovchisi 16 yoshli SH.N. va “Lasetti” haydovchisi 46 yoshli A.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan odam oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala