Turkiya qiruvchisi Armaniston Su-25 samolyotini urib tushirdi

© AP Photo / Kenan GurbuzSamolet F-16 VVS Tursii
Samolet F-16 VVS Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyaning F-16 qiruvchisi Armaniston HHKga qarashli bo‘lgan Su-25 samolyotini urib tushirdi – Armaniston mudofaa vazirligi.

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Turkiyaning F-16 qiruvchisi Armaniston HHKga qarashli bo‘lgan Su-25 samolyotini urib tushirdi. Bu haqda Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushun Stepanyan Facebook sahifasida post yozdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Tog‘li Qorabog‘: Ozarbayjon va Armaniston o‘q otishni to‘xtata oladimi? - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon va Armaniston o‘q otishni to‘xtatish haqida kelishuvga erisha oladimi?

“Jangovar vazifani bajarayotganda, Turkiya havo kuchlarining ko‘p funksiyali F-16 qiruvchisi Armaniston havo hududi ustida Armaniston HHK qarashli bo‘lgan Su-25 hujum samolyotini urib tushirdi. Uchuvchi qahramonlarcha halok bo‘ldi ”, - deyilgan postda.

Mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra,  F-16 qiruvchisi Ozarbayjonning “Ganja” aerodromidan uchib chiqqan va Vardenis, Mes Masraa, Sotka yaqinida joylashgan Armaniston harbiy bo‘linma va aholi punktlariga zarba bergan

Stepanyan ta’kidlashicha, Turkiyaning F-16 qiruvchisi  60 km masofaga respublikaning ichkariga uchib kirgan.

Ozarbayjon mudofaa vazirligining matbuot kotibi bu xabarlarni yolg‘on va provokatsion deb atadi, Ozarbayjon HHKda  F-16 qiruvchilar yo‘qligini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0