TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Ayiq va boʻrilar galasi hujum qilishi aks etgan video AQShning Yellouston milliy bogʻida tasvirga olindi. Boʻrilar galasi tungi muvaffaqiyatli ovdan soʻng dam olayotgan edi – ular bizonni yengishdi. Ular oldiga ayiq keldi.
Rossiya National Geographic nashri yozishicha, Yellostondagi grizli-ayiqning ogʻirligi 300 kiloga yetishi mumkin, boʻrilarning vazni esa 50-60 kiloni tashkil qiladi.
Yirtqichlar oʻrtasidagi toʻqnashuvda ayiq gʻalaba qozondi, boʻrilarning birortasi nobud boʻlmadi.