Kuzda immunitetni qanday mustahkamlash mumkin – virusolog tavsiyalari

© Depositphotos.com / Bit245Produkti, soderjashie vitamin D
Produkti, soderjashie vitamin D - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Virusolog, tibbiyot fanlari doktori Anatoliy Alshteyn kuzda immunitetni mustahkamlash choralarini ma’lum qildi.

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Virusolog, tibbiyot fanlari doktori Anatoliy Alshteyn RT ga bergan intervusida kuzda immunitetni mustahkamlash choralarini sanab o‘tdi.

V sexe po proizvodstvu kotlet - Sputnik O‘zbekiston
Shifokor immunitetni “o‘ldiruvchi” oziq-ovqat mahsulotlarni ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, oddiy epidemiyaga qarshi choralarga rioya qilish kerak, masalan ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish va antiseptiklardan foydalanish.

Bundan tashqari, shifokor D vitaminini ichishni tavsiya qildi. Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, u koronavirusga chidamlilikni oshirishi mumkin.

Virusolog ta’kidlashicha, kuzda ayniqsa chiniqish, muvozanatli ovqatlanish, uyqu va spirtli ichimliklardan voz kechish foydali bo‘ladi.

"Bular odam o‘zini yaxshi xis etishi va infeksiyaga qarshi turishlari uchun asosiy usullardir. To‘g‘ri turmush tarzi va epidemiyaga qarshi choralarga rioya qilish nafaqat koronavirusga, balki boshqa nafas olish viruslariga qarshi ham yordam beradi", - deb  xulosa qildi mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0