Marsda sho‘r suvli ko‘l aniqlandi

© Foto : NASA, JPL, U. ArizonaUchenie NASA obnarujili na Marse strannuyu diru
Uchenie NASA obnarujili na Marse strannuyu diru - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir guruh italiyalik olimlar Marsning janubiy qutbida muzliklar ostida sho‘r suvli ko‘llarni aniqladilar.

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Italiyalik olimlar Marsning janubiy qutbida muzliklar ostida sho‘r suvli ko‘llarni aniqladi. Bu haqda RIA Novosti Nature Astronomy’ga asosan xabar qildi.

Astronomlar kashfiyotni Mars Express orbital qurilmasi yordamida 2010-yildan 2019-yilgacha olingan ma’lumotlar asosida amalga oshirildi.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, tarmoq 4ta suv havzasidan iborat bo‘lib, ularning eng kattasi tizimning markazida joylashgan va eni 30 kilometrni tashkil qiladi. Ko‘llar bir yarim kilometr chuqurlikda joylashgan.

Olimlar ta’kidlashicha, suvning mavjudligi Marsda yoki uning yuzasida mikroblar mavjudligi haqidagi taxminlar ehtimolini oshiradi, ammo bu farazni tasdiqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarur.

Yangiliklar lentasi
0