TIV: Abxaziyadagi fuqarolarning birinchi guruhini oktabrda qaytarish rejalashtirilgan

© Sputnik . Tomas TxaysukAbxazo-rossiyskaya granitsa
Abxazo-rossiyskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abxaziya hududida bo‘lib turgan 400 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolarining vatanga qaytishda ko‘mak berish to‘g‘risidagi murojaati hal qilinmoqda.

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi va Rostov-Don shahridagi bosh konsulxonasiga Abxaziya hududida bo‘lib turgan 400 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolarining vatanga qaytishda ko‘mak berish to‘g‘risidagi murojaatlari kelib tushdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Posadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston
RFdan O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali qaytishni hozircha rejalashtirmang - TIV

Ma’lum qilinishicha, ushbu muammoni zudlik bilan hal etish maqsadida Rossiya tomoniga fuqarolarni vatanga qaytarish uchun ularning Rossiya chegarasini kesib o‘tishlariga ruxsat olish yuzasidan yana bir bor tegishli murojaat yuborilgan.

“Yordamga muhtojlardan (ayollar, homiladolar, qariyalar va bolalar) iborat O‘zbekiston fuqarolarining birinchi guruhini shu yilning oktabr oyi boshlarida O‘zbekistonga qaytarish rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Xabarda qolgan fuqarolar Rossiya tomonidan davlat chegarasini tranzit maqsadida kesib o‘tishga ruxsat berilgandan keyin O‘zbekistonga qaytarilishi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0